Messi, Ronaldu va Negredo Primeroning o'tgan mavsum eng yaxshi hujumchisi nomiga da'vogarlar

Tolibjon Qosimov
24 iyul 2013, 17:31
Ispaniya ligasi o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchilari bo'lishga nomzodlarni e'lon qildi.
Eng yaxshi darvozabon: Viktor Valdes ("Barselona"), Tibo Kurtua ("Atletiko"), Villi Kabalero ("Malaga").
 
Eng yaxshi himoyachi: Serxio Ramos ("Real"), Inigo Martines ("Real Sosedad"), Xordi Alba ("Barselona").
 
Eng yaxshi himoyaviy yarim himoyachi: Benyat Echebarriya ("Betis"), Aser Ilyarramendi ("Real Sosedad"), Xavi Fuego ("Rayo Valekano").
 
Eng yaxshi hujumkor yarim himoyachi: Isko ("Malaga"), Xesus Navas ("Sevilya"), Andres Inesta ("Barselona").
 
Eng yaxshi hujumchi: Lionel Messi ("Barselona"), Krishtianu Ronaldu ("Real"), Alvaro Negredo ("Sevilya").
 
Mavsum kashfiyoti: Alberto Moreno ("Sevilya"), Leo Karrilo ("Rayo Valekano"), Aser Ilyarramendi ("Real Sosedad").

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru