

Argentina terma jamoasi 27 mart kuni Madridda Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Bahs "Atletiko"ning uy stadioni "Vanda Metropolitano"da bo'lib o'tadi, biroq argentinaliklar ushbu uchrashuvga "Real" bazasida tayyorgarlik ko'rishni maqul topdi.
Argentina terma jamoasi Ispaniyaga qarshi bahsdan oldin 23 mart kuni Manchestyerda Italiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.



