

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videorolik shundan dalolat beradi.
Futbolchi oilasi bilan Kataloniya poytaxtiga yetib keldi va "Lill"ga qarshi o'yindan so'ng bu yerda ikki kun dam oladi. Mazkur bahsda parijliklar 4:3 hisobida irodali g'alabani qo'lga kiritdi, qo'shib berilgan vaqtda hal qiluvchi golni Messi jarima zarbasidan kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Lionel "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Ko'k-anorranglilar"ning asosiy jamoasida hujumchi 2005 yildan 2021 yilgacha o'ynagan.
2021/2022 yilgi mavsumdan boshlab argentinalik futbolchi PSJ safida to'p tepmoqda. Uning parijliklar bilan shartnomasi kelasi yilning yozida nihoyasiga etadi.



