Messi Pochchettino nomzodini maqullaydi, ro'yxatda Allegri va Anri ham bor

15 avg 2020, 22:42
"Tottenxem" klubi sobiq murabbiyi Maurisio Pochettino "Barselona"da ish boshlash uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

Bu haqida "Diario Sport" xabar qildi. Jamoa prezidenti Jozep Bartomeu argentinalik mutaxassisni klubda avlodlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin bo'lgan eng yaxshi variant deb biladi. Funkcioner Pochettinoni yanvar oyida klubga olib kelmoqchi edi. Ammo sport direktori Erik Abidalning fikri maqul ko'rilib, Kike Seten olib kelindi.

Ma'lum bo'lishicha, Pochettino nomzodini "Barselona" yetakchisi Lionel Messi har doim qo'llab-quvvatlagan.

Argentinalik murabbiy 3 yillik shartnomaga imzo chekmoqchi, ammo klub "1+1" ko'rinishidagi bitim taklif qilishga tayyor.

Shuningdek, "Barselona" Niderlandiya termasi ustozi Ronald Kuman, italiyalik Massimiliano Allegri va "Monreal Impekt"ni boshqarayotgan klubning sobiq futbolchisi Terri Anri bilan ham doimiy aloqada bo'lib turibdi. 

"Al Sadd"ni murabbiyi Xavi varianti bekor qilindi. Chunki ispan "Barsa"ga qaytishni istamayapti.

Avvalroq Pochettino "Barsa"ning taklifini rad qilgani haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Spor