Messi yana "Oltin butsa"ni yutolmadi. Bungacha Leo ketma-ket uch marta sovrinni qo'lga kiritgandi

Omonjon To`xtamirzayev
21 may 2021, 15:07
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Oltin butsa"ni yutish imkoniyatini to'liq yo'qotdi.

Argentinalik La Liga oxirgi tur doirasidagi "Eybar"ga qarshi bellashuvni o'tkazib yuboradi va Yevropaning eng yaxshi to'purari bo'lmaydi. Ispaniya chempionatining 35 uchrashuvida Messi 30 ta gol urishga erishdi.

Leo qatorasiga ikkinchi bor "Oltin butsa" sovrinisiz qolmoqda – 2020 yil sovrin "Lacio" hujumchisi Chiro Immobilega nasib qilgandi. Bungacha Messi qatorasiga 3 marta barcha raqiblarini ortda qoldirgan edi – 2017, 2018 va 2019 yillarda. Umumiy hisobda Messi faoliyati davomida 6 marta "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru