Messi Mayamidagi hayoti haqida: "Bu yerda ancha xotirjam yashayapman. Odamlar futbolga katta ahamiyat berishmaydi"

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2026, 11:54
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Mayamidagi hayoti haqida gapirib berdi.

"Bu yerda ancha xotirjam yashayotganim bor gap. Mayamining biz yashaydigan qismida hamma narsa ko'proq amerikacha uslubda: odamlar boshqacha hayot kechirishadi va futbolga u qadar katta ahamiyat berishmaydi.

Barselonada doim qaergadir borardim va odamlar bunga o'rganib qolishgandi. Men deyarli Barselonada tug'ilganman, butun umrim o'sha yerda o'tgan. Doim bir xil joylarga borardim, odamlar meni doimiy ravishda ko'rishardi, shuning uchun bu normal holat edi.

Bu yerda ham hayotimiz ancha bir maromda kechmoqda. Biz farzandlarimizga bog'lanib qolganmiz, ularning hayoti va jadvali bilan yashaymiz. Avval aytganimdek, ular darslarini tugatishadi va biz mashg'ulotga yo'l olamiz", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ole