Messi mashg'ulotlarga qaytdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
31 okt 2018
"Sevilya"ga qarshi LaLiganing 9-tur o'yinida jarohat olgan "Barselona"ning argentinalik forvardi Lionel Messi mashg'ulotlarga qaytdi.

Futbolchi "Sevilya" bilan o'yinda (4:2) qo'lini shikastlab olgan edi va birinchi bo'lim o'rtalarida almashtirildi. Tibbiy tekshiruvlar futbolchining qo'li singanini ko'rsatdi. Oldinroq, forvard 3 hafta maydonga tusha olmasligi e'lon qilingan edi. Messi faqat "Real"ga qarshi bahsni (5:1) o'tkazib yubordi.

Joriy mavsum 31 yoshli Messi Kataloniya klubi safida 12ta uchrashuvda maydonga tushib, 12ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com