Messi, Luis Suares va Inesta Seltaga qarshi o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2018, 09:21
Barselona ustozi Ernesto Valverde Lionel Messi, Luis Suares va Andres Inestaga xordiq chiqarib olish imkonini berdi.

Ular Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasidagi Seltaga qarshi o'yinga borishmadi.

Ushbu uchrashuvda shuningdek Arda Turan, Jerar Deulofeu, Rafinya Alkantara, Pako Alkaser va Samyuel Umtiti ham maydonga tushishmaydi.

Barselonaning Vigoga ketgan tarkibi
: ter Stegen, Sillessen, Semedu, Pike, Rakitich, Serdji Roberto, Denis Suares, Maskerano, Paulino, Alba, Din, Serdji Buskets, Dembele, Andre Gomes, Vidal, Vermalen, Alenya, Arnais.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com