Messi LaLiga rekordini o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
2 sen 2018
"Barselona" hujumchisi "Ueska"ga qarshi LaLiganing 3-tur uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Argentinalik forvard Kataloniya klubining ushbu raqibi darvozasini birinchi marta ishg'ol etdi.

"Ueska" Messi gol urgan LaLiganing 37-jamoasiga aylandi. Shunday qilib 31 yoshli argentinalik rekord o'rnatdi. Hozirgacha hech bir futbolchi LaLigada buncha jamoa darvozasini ishg'ol qilmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports