Messi La Liganing keyingi taqdiri haqida nimalar dedi?

Sherzod Nurmatov
12 avg 2021
Argentina terma jamoasi va "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Lionel Messi La Liganing kelajagi haqida to'xtalib o'tdi.

"Ligada jamoalar muhim rol o'ynaydi. "Barselona" va "Real" hamon o'sha yerda. Shuningdek, "Sevilya", "Valensiya" va "Atletiko" La Ligada o'ynaydi. Bular top-klublar.

Qandaydir o'yinchi ketgan taqdirda, jamoalar joyida qolaveradi. 

La Liga – hali ham katta va muhim musobaqa. Futbolchilar ilgari ham kyetishgan, ammo klublar o'z buyukligini saqlab qolishgan. Ular yo'q bo'lib ketmagan hamda yaxshi natijalarga erishgan.

"Real" va "Barselona"ga qiyin bo'ladi, biroq bir necha yildan keyin ular qaytadi. O'shanda ularda Ispaniya futbolining yangi yulduzlari paydo bo'ladi", – dedi Messi.    

Eslatib o'tamiz, Messi PSJ bilan ikki yillik shartnoma tuzdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El País