Messi ko'rishida nuqsoni bor bolakaylarga “aqlli ko'zoynaklar”ni sovg'a qildi

Eldor Akmurzayev
10 sen 2020, 20:45
“Barselona” sardori navbatdagi yaxshilikka qo'l urdi.

Futbolchi ko'rishida nuqsoni bor bolalar bilan uchrashdi va ularga “aqlli ko'zoynaklar”ni hadya qildi. 11 nafar bolakay oldidagi narsalar, yuz, rang, mahsulot, pul belgilari, shuningdek, matnlarni o'qiy oladigan sun'iy intellektga ega yangi qurilmaga ega bo'lishdi. Har bir ko'zoynakning narxi esa 4.000 dollardan oshadi.

“Ushbu qurilma har bir bolaning hayotini o'zgartiradi. OrCam elchisi ekanligimdan faxrlanaman va ko'pchilikka yordam berishimiz mumkin”, deydi Messi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua