Messi kenja farzandining ilk tug'ilgan kunini nishonladi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019
“Barselona” sardori Lionel Messi LaLiganing “Rayo Valekano”ga qarshi kechgan uchrashuvda jamoasiga g'alaba olib kelganidan keyin, oilasidagi muhim tadbirni nishonlashga ham ulgurdi.

Argentinalik futbolchi 10 mart kuni bir yoshga to'lgan kenja farzandi Chiroga bayram tadbiri tashkillashtirdi. Mazkur oilaviy tadbir Barselonadan 140 km uzoqlikda joylashgan Belver-de-Syerdanya hududida bo'lib o'tdi.

Ma'lumot o'rnida, argentinalik futbolchining uch nafar farzandi bor. Kattasi Tyago 6 yoshda, o'rtancha o'g'li Mateo esa 3 yoshda hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/leomessi