Messi kamida yana 2 yil top darajada o'ynashiga ishonadi

Omonjon To`xtamirzayev
22 dek 2022, 15:49
PSJ hujumchisi Lionel Messi yaqin orada Yevropadan ketishni rejalashtirmayapti.

Manbaning xabariga ko'ra, Argentina bilan JCHdagi g'alabadan keyin 35 yoshli forvard top darajada yana kamida ikki yil o'ynamoqchi.

Parij klubi bundan foydalanib qolmoqchi va shartnomani uzaytirib, Leoni PSJning elchisiga aylantirmoqchi.

Messiga yaqin insonlarning gapiga ko'ra, "Pari Sen-Jermen" futbolchini saqlab qolish imkoniyatlari 90 %ni tashkil qilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia