Messi JCHda argentinaliklar rekordini takrorlab, Batistuta bilan tenglashdi. Shuningdek, u gollar soni bo'yicha musobaqa to'purarlari o'nligiga kirdi

Eldor Akmurzayev
10 dek 2022, 08:30
JCH-2022 chorak finalida Argentina terma jamoasi penaltilar seriyasida Niderlandiyadan ustun kelib, yarim finalga yo'l oldi.

Uchrashuvda qahramonlardan biriga aylangan Lionel Messi 74-daqiqada 11 metrlik nuqtadan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu Messi uchun mudiallardagi 10-gol bo'ldi va u bu borada eng yaxshi argentinalik to'purar Gabriel Batistutaga yetib oldi.

Bundan tashqari, forvard musobaqa tarixidagi umumiy to'purarlar jadvalida 8-13-o'rinlardagi o'yinchilar bilan tenglashdi.

Mundiallar tarixida eng ko'p to'p kiritgan o'yinchilar:

1. Miroslav Kloze (Germaniya) – 16 ta;

2. Ronaldo (Braziliya) – 15;

3. Gerd Myuller (Germaniya) – 14 ta;

4. Jyust Fonten (Fransiya) – 13;

5. Pele (Braziliya) – 12;

6-7. Shandor Kochish (Vengriya) va Yurgen Klinsman (Germaniya) – 11 tadan;

8-13.  Lionel Messi (Argentina), Gabriel Batistuta (Argentina), Xelmut Ran (Germaniya), Gari Lineker (Angliya), Teofilo Kubilyas (Peru), Tomas Myuller (Germaniya), Gjegoj Lyato (Polsha) – 10 tadan;

14-24. Kilian Mbappe (Fransiya), Ademir (Braziliya), Eysebio (Portugaliya), Kristian Veri (Italiya), Vava (Braziliya), David Vilya (Ispaniya), Paolo Rossi (Italiya), Jairzino (Braziliya), Roberto Badjo (Italiya), Karl-Xaync Rummenigge (Germaniya), Uve Zeeler (Germaniya) – 9 tadan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia