Messi: "JCH oldidan jarohat olishni istamayman"

Mirjalol Normatov
16 okt 2022, 16:45
PSJ futbolchisi Leo Messi mundialga qadar yaxshi holatda bo'lishni istaydi.

"JCH-2022 o'zining bo'lib o'tadigan fasli bilan boshqa mundiallardan ajralib turadi. Hozir esa turnirga ancha yaqinlashib qoldik.  Shu sababli istalgan mayda jihat Sizni mundialdan ayirishi mumkin. Paulo Dibala va Anxel Di Mariya bilan bo'lgan holatga barcha e'tibor qaratmoqda.

Barcha futbolchilar uchun bu daxshatli ko'rinishi mumkin. Shu sababli o'yinlarga tushayotganda miyani tozalab, bularni o'ylamaslik kerak. Yaxshisi, o'zimizni oldingidek ko'rsataylik. O'yin - holatni yaxshilash uchun eng yaxshisi. Ular o'ziga kelib olishi uchun esa vaqt etarlicha deb hisoblayman", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS