Messi jarimadan 65-golini urdi. U Bekxemga yetib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
8 sen 2023, 11:05
Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi JCH-2026 saralashi doirasida Ekvadorga qarshi o'yinda gol urdi (1:0).

Futbolchi to'pni jarima zarbasidan to'g'ri to'rga yo'lladi. Bu Messining standartdan urgan 65-goli. Bu ko'rsatkich bo'yicha argentinalik angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem bilan tenglashib oldi.

Portugaliya termasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 60 ta gol mavjud.

Messidan oldinda endilikda faqat Junino (77 ta gol), Pele (70), Viktor Legrotale va Ronaldinyo (har ikkisida 66 tadan) bor.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: theathletic.com