Messi: "Grizmann bilan konflikt? Bu yolg'on, u dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri"

Alisher
9 okt 2019, 16:55
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoadoshi Antuan Grizmann haqida fikr bildirdi.

"Jamoa falsafasini tushunmaydigan va bilmaydigan har qanday futbolchi "Barselona"ga kirishib ketishi qiyn.

Grizmann juda ham sifatli va aqlli o'yinchi, u baribir bunga moslashib ketadi", - deydi Messi.

"Grizmann bilan konflikt? Bu yolg'on. "Barselona" u bilan shartnoma imzolashni xohlagan birinchi yili men uni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb ataganman.

Menda u bilan hech qanday muammo bo'lmagan, shunday ekan bu yolg'on", - debi qo'shimcha qildi argentinalik.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS