Messi futbol tarixidagi eng kuchli driblingchi borasida Ronaldinyodan o'zib ketdi

Alisher
28 mar 2020, 12:14
Fransiya nashri futbol tarixidagi eng kuchli driblichni nomi uchun so'rovnoma o'tkazdi.

So'rovnoma pley-off formatida o'tkazildi: muxlislar alohida juftliklarga ovoz berishdi va finalga Lionel Messi va Ronaldinyo chiqdi.

Hal qiluvchi so'rovnomada "Barselona"ning hozirgi hujumchisi minimal farq bilan g'alaba qozondi. U 51% ovoz to'pladi.

Ovoz berish jarayonida Messi Zidan, Bergkamp, Ronaldo va Kakalardan o'tgandi. Ronaldinyo esa pley-offda Yoxan Kroyf, Neymar va Aren Robbenlardan ustun qo'yilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com