Messi evrokuboklardagi yubiley o'yinini o'tkazdi. Uning hisobida 121 gol bor

"Barselona" forvardi Lionel Messi YCHL 3-turi doirasidagi "Dinamo" (Kiev)ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi va hakamning yakuniy hushtagi chalinguniga qadar o'ynadi.

Bu Messi uchun UEFA homiyligida o'tadigan xalqaro musobaqalardagi 150-o'yin bo'ldi. U bu borada "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karragerga yetib oldi va 13-pog'onaga joylashdi.

188: Iker Kasilyas ("Real", "Portu")

179: Krishtianu Ronaldu ("Sporting", "Manchester Yunayted", "Real", "Yuventus")

174: Paolo Maldini ("Milan")

173: Xavi Ernandes ("Barselona")

172: Pepe Reyna ("Barselona", "Vilyareal", "Liverpul", "Napoli", "Bavariya", Milan)

166: Janluiji Buffon ("Parma", "Yuventus", "Pari Sen-Jermen")

163: Klarens Zeedorf ("Ayaks", "Real", "Inter", "Milan")

161: Raul Gonsales ("Real", "Shalke")

160: Xaver Zanetti ("Inter")

159: Rayan Giggz ("Manchester Yunayted")

155: Dani Alves ("Sevilya", "Barselona", "Yuventus", "Pari Sen-Jermen")

150: Jeymi Karrager ("Liverpul")

150: Messi ("Barselona").

Messi YCHLda 146 o'yin o'tkazgan va 4 bor Yevropa Superkubogida maydonga tushgan.

Ayni paytda argentinalik charm to'p ustasining hisobida bunday o'yinlarda urilgan 121 gol bor. Undan faqat Krishtianu Ronaldu oldinda – 133 gol.


Manba: