Messi evrokuboklar to'purarlari ro'yxatida to'rtinchi o'ringa chiqib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
19 fev 2014, 14:20
Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda gol kiritgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi (2:0), evrokuboklar tarixida eng yaxshi to'purarlar ro'yxatining to'rtinchi o'riniga chiqib oldi.

Argentinalik futbolchi to'rtinchi o'rinni “Milan” klubining sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko bilan bo'lishayapti. Ikkala o'yinchi ham 67 ta gol kiritgan.

Ayni paytda to'purarlar ro'yxatini “Real” va “Shalke” klublarining sobiq hujumchisi Raul boshqarib turibdi (76 gol). Keyingi o'rinlarni Filippo Indzagi (70 gol) va Gerd Myuller (69 gol) band etishgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru