Messi "Brest"ga qarshi o'ynashi mumkin

Aslanov Jasurbek
19 avg 2021
PSJ hujumchisi Lionel Messining Fransiya chempionatining 3-turida "Brest"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi hozircha so'roq ostida qolmoqda.

"Biz uning tarkibga kirish-kirmasligini hali hal qilmadik. Bu haqda o'ylab ko'rib, tez orada qaror qabul qilamiz.

Shubhasiz, Messi jamoaga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Uning tarkibimizga kelib qo'shilganidan xursandmiz", - dedi parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino.

Shuningdek, darvozabon Janluiji Donnarumma ham bo'lajak o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Neymar, Markinos, Anxel Di Mariya, Leandro Paredes va Marko Verrattining ham maydonga qaytishi ehtimoli yuqori.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport