Messi: "Braziliyada Braziliyani yutib, sovrinni yutish. Bundan ortig'i bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
11 iyul 2021, 13:13
Argentina termasi sardori Leo Messi Amerika Kubogi finalidagi muvaffaqiyat haqida gapirdi.

"Terma bilan nimadir yutishim kerak edi va bu amalga oshgani uchun Yaratgandan minnatdorman. Braziliyada Braziliya termasini yutib sovrinni qo'lga kiritish... Bundan ortig'i bo'lmaydi.

Ajoyib hissiyotlar barq urmoqda, buni so'zlar bilan tasvirlab bera olmayman. Jamoamiz bunga loyiq edi. Juda xursandman", - dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal