Messi Braziliya va Iroqqa qarshi o'ynamaydi

Tolibjon Qosimov
25 sen 2018, 12:36
"Barselona" yetakchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining oktyabr oyidagi o'rtoqlik o'yinlariga chaqirilmadi.

Bu haqda "FourFourTwo" xabar berdi. Argentinaliklar 11 oktyabrda Iroqqa qarshi, 16 oktyabrda esa Braziliya bilan bellashadilar. Har ikki uchrashuv ham Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.

Oldinroq, Messi milliy terma jamoada tanaffus olgani va 2018 yilda terma jamoada boshqa o'ynamasligi ma'lum qilingan edi.

"Men Messi bilan gaplashdim. O'ylashimcha, u uchun terma jamoaga kelmaslik eng yaxshisi bo'ladi", - deya Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining so'zlarini keltirdi "FourFourTwo".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: FourFourTwo