Messi bir yo'la ikkita rekordni o'rnatdi

Khoja
21 iyun 2024, 10:00
Bugun Kopa Amerika-2024 musobaqasiga start berildi.

Ochilish uchrashuvida Argentina Kanadani 2:0 hisobida taslim etdi. Uchrashuvda argentinaliklar safida Lionel Messi ilk daqiqalardan harakat qildi.

Bugungi uchrashuv Messi uchun Kopa Amerikadagi 35-si bo'ldi. Shu tariqa, sakkiz karra Oltin to'p sohibi ushbu musobaqada eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi.

Shuningdek, AQSHdagi turnir Messi uchun 7-si bo'ldi. Bu ham argentinaliklar orasida rekord hisoblanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com