Messi AQSH klubidan rasmiy taklif oldi

Mirjalol Normatov
4 iyun 2023, 10:59
PSJ futbolchisi Leo Messi "Inter Mayami"ga o'tishi mumkin.

"Marca" xabariga ko'ra, 35 yoshli argentinalik futbolchi "Inter Mayami"dan 3 yillik shartnoma borasida rasmiy taklif olgan. Hozircha unda "Al Hilol"dan 400 million dollarlik taklif ham bor. Shuningdek, uning "Barselona"ga qaytishi ehtimoli ham yo'q emas.

Eslatib o'tamiz, PSJ ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Leo Messining jamoadan ketishini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca