Messi APLdan taklif oldi

Sherzod Nurmatov
30 may 2023, 13:45
Argentinalik futbolchi Angliyada paydo bo'lishi mumkin.

PSJ hujumchisi Lionel Messiga turli mamlakatlar klublaridan bir nechta takliflar tushdi. Bu haqda "Ole" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchiga MLS'ning "Inter Mayami" va Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klublari qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, argentinalik futbolchiga kelasi mavsumda evrokuboklarda qatnashish uchun yo'llanma olgan APL klubidan taklif tushdi.

"Al Hilol" Messiga 2 yil uchun 1,2 mlrd evro taklif qilayotgani haqida ma'lumot bor. Futbolchining otasi allaqachon klub bilan muzokara olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ole