

29 yoshli "Barselona" hujumchisi Lionel Messi yiliga 81,5 million dollar ishlab topadi. U amerikalik qo'shiqchi va aktrisa Teylor Svift (26 yosh, 170 mln) va One Direction guruhi a'zolaridan (22-24 yosh, 110 mln) keyingi uchinchi o'rinni egalladi. Shunday qilib, argentinalik futbolchi ushbu yosh toifasida eng badavlat sportchi deb topildi.



