Messi – 22, Ronaldu esa 70-o'rinda. CIES dunyoning eng qimmat futbolchilar reytingini tuzdi

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2020, 21:20
CIES Football Observatory tadqiqot portali jahonning eng qimmat bo'lgan futbolchilari ro'yxatini yangiladi.

Reytingni hali hamon PSJ forvardi Kilian Mbappe boshqarib kelmoqda. Uning narxi esa 259,2 mln evroga baholangan. Kuchli uchlikka “Manchester Siti” a'zosi Rahim Sterling (194,7 mln) va “Borussiya D” yarim himoyachisi Jeydon Sancho (179,1) kirgan.

So'nggi yillar davomida “Oltin to'p” uchun muntazam kurash olib borgan yulduzlar Lionel Messi hamda Krishtianu Ronalduga TOP-20'da joy topilmagan.

1. Kilian Mbappe (Pari Sen-Jermen) – € 259,2 mln

2. Raxim Sterling (Manchester Siti) – € 194,7 mln

3. Jeydon Sancho (Borussiya Dortmund) – € 179,1 mln

4. Trent Aleksander-Arnold (Liverpul) – € 171,1 mln

5. Markus Rashford (Manchester Yunayted) – € 152,3 mln

6. Muxammad Salax (Liverpul) – € 144,9 mln

7. Sadio Mane (Liverpul) – € 139,2 mln

8. Antuan Grizmann (Barselona) – € 134,6 mln

9. Alfonso Devis (Bavariya) – € 133,5 mln

22. Lionel Messi (Barselona) – € 100,1 mln

70. Krishtianu Ronaldu (Yuventus) – € 62,8 mln.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: CIES Football Observatory