Messi 11 yillik rekordni takrorladi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2018, 14:13
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Leganes"ga qarshi LaLiganing 31-tur uchrashuvida (3:1) hisobni jarima zarbasi bilan ochdi.

Bu 30 yoshli argentinalikning joriy mavsum LaLigadagi jarima zarbasidan urgan oltinchi goli bo'ldi. Shunday qilib, Lionel Messi 2006/07 mavsumda 6 marta jarima maydonchasi tashqarisidagi standartddan gol urgan "Barselona" sobiq futbolchisi Ronaldinyo rekordini takrorladi.

Messi "Leganes"ga qarshi o'yinda xet-trikka erishdi. Joriy mavsum u LaLiganing 30ta uchrashuvida 29ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com