Mertezaker "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2017, 15:49
"Arsenal" himoyachisi va sardori Per Mertezaker kamida yana bir yil klubda qoladi.

"To'pchilar" bosh murabbiyi Arsen Venger matbuot-anjumanida 32 yoshli futbolchi shartnomasini 1 yilga uzaytirganini e'lon qildi.

"Shartnomadagi imkoniyatni ishga soldik. Hech qanday muzokara bo'lgani yo'q. Bizni qoniqtiradigan variant bor edi. Per mashg'ulotlarga qaytdi, ammo hozircha umumiy guruhda emas.

O'yinlar sonini hisobga olsak, bizda himoyada ishonchli harakat qila oladigan tajribali futbolchilar bor" - deydi Venger.

Per Mertezaker joriy mavsumda o'ynagani yo'q. U 2016 yilning iyulida jarohat olib, hozirgacha maydonga tushmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror