Mertezaker: "1/8 finalda istalgan raqib bilan o'ynashga tayyorman"

Tolibjon Qosimov
13 dek 2013, 11:55
"Arsenal" himoyachisi Per Mertezaker YCHL 1/8 finalida "kanonirlar"ga qaysi jamoaning tushishi u qadar muhim emasligini aytib o'tdi.
"O'tgan mavsumda biz "Bavariya"ga qarshi o'ynab deyarli keyingi bosqichga chiqqandik. Shu bois bu safar bizga kim raqib bo'lishining u qadar farqi yo'q. Omadli deb hisoblagan qur'adan so'ng musobaqani tark etish ham mumkin. Shu bois biz shunchaki "Napoli"dan uchralgan mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarib keyingi o'yinlarga tayyorlanishimiz kerak", - deydi Mertezaker.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru