Mertens: "To'g'risini aytaman - Sarri meni markaziy hujumga qo'yganida, o'zim hayratga tushdim"

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2017, 16:10
"Napoli" yarim himoyachisi Dris Mertens markaziy hujumchi rolida bunday ajoyib o'yin ko'rsatishini kutmaganini bildirdi.

Mertens so'nggi mavsum A Seriyada 28 ta gol urdi.

"To'g'risini aytaman, Mauricio Sarri meni markaziy hujumga qo'yganidan, xatto o'zim bundan hayron bo'ldim. "Napoli"ning hujum markazida kim o'ynamasin, ko'p gol urishi kerak, chunki Sarrining futboli hujumga bog'liq.

Arkadiush Milikning jarohati mening faoliyat yo'limni o'zgartirib yubordi, buni rad etmayman. Bazida jamoadoshingning omadsizligi boshqasiga foyda keltirishi mumkin. Menda shunday bo'ldi.

Sarri meni hujum markazida sinab ko'rdi. U yerda katta foyda keltirishimga u ishonmagandir. Sarri men uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi va boshqa mutaxassis qo'l ostida "to'qqizinchi raqam" o'rnida o'ynab keta olmayman deb o'ylayman" - deydi Mertens.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport