Mene: "PSJda ko'p narsa o'zgaradi. Masalan, murabbiy"

Aslanov Jasurbek
24 mar 2018
PSJ himoyachisi Tomas Mene jamoa bosh murabbiyi Unai Emerining iste'fosini kutmoqda.

"Buyog'iga nima bo'lishi qiziq. Klub rahbariyati ko'p narsalarni o'zgartirmoqchi ekanligiga ishonaman. Masalan, murabbiyni.

Kelasi mavsum menda hozirgidan ko'proq o'yin vaqti bo'lishi mumkin va bundan foydalanmoqchiman. Bosimni his qilyapmanmi? Yo'q. PSJda katta bo'ldim va hozir 18 emas, 26 yoshdaman" - deydi Mene.

Emeri 2016 yilning yozidan beri PSJni boshqaradi. Uning Fransiya klubi bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo