Mene "Borussiya"ga ko'chib o'tadi

15 mar 2020, 23:49
PSJ himoyachisi Toma Mene faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

"RMC Sport" nashri xabariga ko'ra, 28 yoshli belgiyalik futbolchi yozda PSJni tark etib, Dortmundning "Borussiya" klubi tarkibiga qo'shiladi. Manbada aytilishicha, "asalarilar" tez orada Mene bilan kelishuv imzolaydi.

Ma'lumot uchun, Mene Fransiya chempionatining joriy mavsumida 16 uchrashuvda  maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport