"MediaUZ – futbol haftaligi" o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
20 avg 2019, 10:56
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi tomonidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2019 yil 23-29 avgust kunlari mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlab ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa korxonalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun "MediaUZ – futbol haftaligi" o'tkazish rejalashtirilgan.

Musobaqa - yurtimizdagi jurnalist va blogerlar, umuman milliy media maydonida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarni xalq farovonligini oshirish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo'shishda bir musht bo'lib birlashtirish va jipslashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Axborot sohasining barcha vakillarini do'stlik, hamjihatlik, hamfikrlik shiori ostida o'tkaziladigan "MediaUZ – futbol haftaligi"gida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Hurmatli bloger va jurnalistlar! 

Musobaqa nizomiga muvofiq, unda asosan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar hamda agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlardan tuzilgan 24 ta jamoa qatnashadi. Unda ishtirok etish istagini bildirganlar shaxsini tasdiqlovchi xujjatlar - fuqarolik pasporti, mehnat daftarchasi yoki tuzilganiga 3 oydan kam bo'lmagan muddatli mehnat shartnomalari nusxasini, shuningdek, 3x4 hajmdagi fotosuratlarini "oksmm@intal.uz" elektron manziliga yuborishi lozim.

Arizalar 2019 yilning 22 avgustigacha qabul qilinadi. 

Bundan tashqari, tadbir arafasida - 22 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligida futbol musobaqasiga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi. Shuningdek, matbuot anjumanida musobaqa tartib-qoidalari, ochilish va taqdirlash marosimi to'g'risida axborot beriladi. 

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

Tel: (97) 920-24-80

(71) 277-77-58

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz