MDH Kubogi - 2015da JAR Ukraina o'rnini egallaydi

Aslanov Jasurbek
23 dek 2014
2015 yil 17-25 yanvar kunlari Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadigan 23-xalqaro MDH Kubogida ishtirok etishdan bosh tortgan Ukraina yoshlar terma jamoasining o'rniga JAR ishtirok etadi.

Guruhlarning yakuniy tarkibi quyidagicha:

"A" guruhi: Belarus, Turkmaniston, Estoniya, Finlyandiya.

"B" guruhi: Moldaviya, Qirg'iziston, Rossiya, Latviya.

"C" guruhi: JAR, Litva, Tojikiston, Qozog'iston.


Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi MDH Kubogida Ukraina yoshlar terma jamoasi g'olib bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com