Mbappe, Vinisius, Rodrigo va Valverde "Real"ning kambekiga ishonishadi

Aslanov Jasurbek
9 apr 2025, 12:12
Mbappe, Vinisius va "Real"ning boshqa o'yinchilari "Arsenal"dan 0:3 hisobida yutqazganidan so'ng ham kambekka ishonadi.

Madrid jamoasi Londonda Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o'yinida yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Javob o'yini 16 aprel kuni Ispaniyada bo'lib o'tadi.  

"Qaymoqrangli"larning ikki o'yin yakuniga ko'ra yarim finalga chiqish imkoniyati haqida birinchi bo'lib Kilian Mbappedan so'rashdi.  

– Kilian, "Real" kambek qila oladimi?  

– Ha, albatta, – deb javob berdi francuz hujumchisi jamoa avtobusiga qarab yurar ekan.  

Keyin xuddi shunday savol Vinisius Junior, Rodrigo va Federiko Valverdega berildi.  

Vinisius: "Ha, qila olamiz", deb javob berdi. Rodrigo va Valverde bosh irg'ab: "Ha", deyishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic