Mbappe va Hakimiga dam beriladi

Оқил Абдубарноев
2 yanv 2023, 20:27
Kilian Mbappe va Ashraf Hakimi bir necha kun dam olishadi.

Avvalroq futbolchilar PSJ bilan tezroq mashg'ulotlarga kirishish uchun JCH-2022dan keyin hordiq kunlaridan bosh tortgandi. Ular Liga 1 doirasida "Strasburg" (1:0) va "Lans" (1:3)ga qarshi o'yinlarda ishtirok etishdi.

"Hakimi va Mbappe bir necha kun dam oladi. Reja bo'yicha ular ushbu ikki uchrashuvda maydonga tushishlari kerak edi. Endilikda ular tiklanish jarayonini olib boradi", - dedi PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte.

Futbolchilar 6 yanvar kuni Fransiya kubogi 1/16 doirasidagi "Shatoru"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Hakimi 11 yanvar kuni 18-tur doirasida "Anje"ga qarshi ham o'ynamaydi: marokashlik himoyachi sariq kartochkalari ko'pligi uchun diskvalifikaciya qilingan. Mbappe ham "Anje" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal.com