Mbappe tufayli Xolandning "Real"ga transferi amalga oshmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2024
Xoland "Real"ga o'tishni xohlayotgan edi, ammo Mbappening transferi tufayli bu ishni amalga oshirish qiyinlashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Erling Xoland 2025 yilning yozida "Real"ga o'tishni maqsad qilgandi. "Qirollik klubi" bilan aloqalar davom etayotgan edi.

Xolandning "Real"ga transferi hali ham amalga oshishi mumkin, biroq uni tashkil qilish qiyinlashadi. "Manchester Siti" forvardga yangi bitim taklif qildi, ammo u hozircha muzokaralarga tayyor emas.

"Qirollik klubi" uchun Xolandning transferi Kilian Mbappe maoshi tufayli muammoga aylanishi mumkin.

Katta muammolardan biri shundaki - norvegiyalik imij huquqlaridan keladigan daromadning 100%ga egalik qiladi.

"Manchester Siti" Xoland atrofidagilarga yangi bitim borasida bosh qotirish kerakligi haqida ma'lum qilgan. "Shaharliklar" Erling "Real"ga kyetishi qiyinroq bo'lgan bitim taklif qilmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As