Mbappe Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashadimi?

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2020, 19:14
PSJ forvardi Kilian Mbappe 2020 yil qaysi musobaqalarda g'olib chiqmoqchiligini aytdi.

“Bu yil Chempionlar Ligasida zafar quchib, Yevropa hamda Olimpiada chempioniligini qo'lga kiritsam yomon bo'lmasdi. Garchand bu erishib bo'lmas natija bo'lib tuyulsa-da, lekin orzuimni amalga oshirish uchun borimni berishga tayyorman. Olimpiada-2020'da qatnashishga kelsak, bu menga bog'liq emas. Albatta, o'zim musobaqaga borishni xohlayman ammo men harakat qilayotgan klub buni istamasa hech qanday nizo keltirib chiqarmayman”, – deydi 21 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya U-23 jamoasi o'tgan yili qita birinchiligida kuchli to'rtlikka kirib, Tokio Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: France Football