Mbappe terma jamoa mashg'ulotida ishtirok etmadi

Aziz Tukhtamuradov
10 iyul 2018, 02:12
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe kechagi kun mashg'ulotlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.

Mbappening nima sababdan mashg'ulotga chiqmagani rasman ma'lum emas. Lekin bosh murabbiy Dide Desham barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyor ekanini aytgandi. 

Eslatib o'tamiz, bugun Fransiya terma jamoasi JCH-2018 yarim final uchrashuvida Belgiyaga qarshi maydonga tushadi. Bu o'yin Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif