Mbappe "Real"da ikki jamoadoshi bilan bir xil maosh oladi

Оқил Абдубарноев
22 mar 2024
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga o'tishga yaqin turibdi.

Fransiyalik futbolchi La Liga grandiga erkin agent sifatida qo'shiladi, chunki uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida yakuniga etadi. 

Fabricio Romanoning yozishicha, "Real" Mbappe bilan maosh borasida kelishuvga erishgan. 

25 yoshli futbolchi taxminan Vinisius Junior va Jud Bellingem bilan bir xil - yiliga 20,8 million evro maosh oladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano