Mbappe "Real" muxlislarining tanqidi borasidagi savolga javob berdi

Alisher
24 may 2022
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe parijliklar bilan shartnoma uzaytirilganidan so'ng Madriddagi tanqidlarga munosabat bildirdi va "Real" muxlislariga murojaat qildi.

"Madriddagi tanqidlarni tushunaman va ularning meni tushunishlariga umid qilaman. Endilikda "Real"da o'ynash orzusi tugadimi? Hech qachon tugamaydi, hech qachon. PSJ bilan shartnoma imzolab bo'lganimdan so'ng darhol "Real"da o'ynashni orzu qilishimni aytishim hurmatsizlik. Kelajakda nima bo'lishini bilmaysiz. Ammo, men ayni damda hozirgi paytga e'tiborimni qaratganman va o'z yo'limni PSJda davom ettirishni xohlayman", - deydi Mbappe.

Francuz 2021/22 yilgi mavsum parijliklar tarkibida barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol va 26ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: BBC