

Bu 19 yoshli Mbappe uchun Liga 1’ning joriy mavsumidagi 12-goli bo'ldi. Shu tariqa Kilian ayni damda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshi to'purarga aylanib oldi.
La Liga to'purari - Kristian Stuani (“Jirona”) 11 ta gol;
APL to'purari - Per-Emerik Obameyang (“Arsenal”) 10 ta gol;
A Seriya to'purarlari - Ronaldu (“Yuventus”), Pentek (“Jenoa”) 10 tadan gol;
Bundesliga to'purarlari - Pako Alkaser (“Borussiya D”), Luka Yovich (“Ayntraxt F”) - 10 tadan gol.



