Mbappe Polshaga qarshi o'yindan keyin jarimaga tortildi

Оқил Абдубарноев
5 dek 2022, 01:02
Fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe mundial reglamentini buzgani uchun pul to'laydi.

Kilian Mbappe Jahon chempionati doirasida Fransiya - Polsha uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi sovrinni qo'lga kiritdi va reglamentga ko'ra, matbuot anjumanida ishtirok etishi kerak edi. Biroq Mbappe bunga rad javobini berdi.

"Men turnirga e'tiborimni qaratishim lozim. Bir narsaga e'tibor qaratganimda, boshqa narsaga kuch sarflashni istamayman. Shu bois matbuot anjumaniga borishni xohlamadim. Jarimani o'zim to'layman. Federatsiya futbolchilarning shaxsiy qarorlari uchun pul to'lamasligi kerak", - dedi Mbappe.

Eslatib o'tamiz, Fransiya jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Polshani 3:1 hisobida mag'lub etgandi. Kilian Mbappe ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: France Football