Mbappe Olimpiadada qatnashmaydi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2024, 16:18
Fransiya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Terri Anri yozgi Olimpiadada ishtirok etadigan futbolchilarning dastlabki ro'yxatini e'lon qildi.

Unga bugun "Real" futbolchisi sifatida taqdim etiladigan PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kiritilmagan.

Darvozabonlar: Lukas Shevale (Lill), Giyom Reste (Tuluza), Obed Nkambadio (Parij), Robin Risse (Strasbur).

Himoyachilar: Bafode Diakite (Lill), Maksim Estev (Byornli), Bredli Loko (Brest), Kastello Lyukeba (RB Leyptsig), Kiliann Sildilliya (Frayburg), Adrien Tryuffe (Renn), Leni Yoro (Lill).

Yarim himoyachilar: Mane Akliushe (Monako), Joris Shotar (Monpele), Dezire Due (Renn), Kuadio Manu Kone (Borussiya Myonxengladbax), Kefren Tyuram-Ulen (Nicca), Enco Miyo (Shtutgart), Lesli Chimuana Ugochukvu (Chelsi), Uorren Zair-Emeri (PSJ).

Hujumchilar: Bredli Barkola (PSJ), Maykl Olise (Kristal Pelas), Arno Kalimuendo Muinga (Renn), Aleksandr Lyakazett (Lion), Jan-Filipp Mateta (Kristal Pelas), Matis Tel (Bavariya).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport