Mbappe Messini ortda qoldirishga erishdi

23 okt 2019, 09:15
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Bryugge” (5:0) ga qarshi bahsda xet-trikka erishdi.

Mbappening o'yindagi birinchi goli uning uchun ECHLdagi 15-si bo'ldi . Natijada Mbappe musobaqa tarixida 15 ta gol urgan eng yosh o'yinchiga aylandi - 20 yosh, 306 kunlik.

Bu orqali u Leo Messi natijasini yangiladi. Messi 15 talik marradan 21 yosh 288 kunlik vaqtida o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta