

Hujumchi bahsda dubl qayd etdi.
"Men bu erga Jahon chempionatini yutish uchun kelganman. "Oltin to'p" yoki "Oltin butsa"ni qo'lga kiritish uchun kelganim yo'q. Agar bu sovrinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lsam, albatta, xursand bo'laman, lekin aynan shuning uchun bu yerda emasman. Men g'alaba qozonish va Fransiya terma jamoasiga yordam berish uchun shu yerdaman", – dedi Mbappe "Sky Sports"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Fransiyaning 1/4 finaldagi raqibi Angliya bo'ladi. Bahs 10 dekabrga belgilangan.



