Mbappe marsellik kabobchini sudga bermoqchi

Administrator
13 mar 2024, 23:26
Futbolchi uning ruxsatisiz ismidan foydalangan tadbirkorni sudga beradi.

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe Marsel shahridan bo'lgan kabobchini sudga bermoqchi. Bunga kabobxona Mbappening nomidan ruxsatsiz foydalangani sabab bo'lgan.

Gap shundaki, Marsel shahridagi kabobchi Muhammad Henni mahsulotlaridan birida futbolchining nomini ishlatganidan so'ng Kilian Mbappening vakillaridan shikoyat xati olganini ma'lum qildi.

Henni o'z mahsulotlaridan birini reklama qilayotganda, uni "Kilianning boshi kabi dumaloq", -deya izohlagan. Bu holat Mbappega yoqmagan.

Futbolchining vakillari bu harakat uchun Muhammad Henni va uning kabobxonasini sudga bermoqchi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: RMC Sport