Mbappe klubdan kyetishiga shama qildi

Alisher
3 noya 2020
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelajakda "Real"ga o'tishi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi.

"Hamma shu haqda gapiradi - yosh bo'lgan paytimda men ham bu haqda gapirganman. Ammo men hozir futbolchiman va ayni damda buning vaqti emasligini bilaman.

Men joriy mavsumda ko'p sovrinlar yutgan holda, klubning o'sishiga yordam bermoqchiman.

Shu sabab kelajak haqida gapirishim yaxshi emas. Men bosiqlikni saqlab qolgan holda, e'tiborimni PSJga qaratishim kerak. Bu mavsumdan so'ng nima bo'lishini ko'ramiz", - deydi Mbappe.


AlisherMuallif
Manba: BBC